Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Bog'ot tumani Oq tepa mahallasida tabiiy gaz umuman yo`qligi aytilgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Mazkur holat "Bog'ottumangaz" hududiy bo'limi tomonidan o'rganilganda Bog'ot tumani Oq tepa mahallasi Oq saroy ko'chasida bugungi kunda tabiiy gaz bosimi bir me'yorda ekanligi, murojaatdagi gaz plitaning surati qachon va qayerda olingani noma'lum. Bundan tashqari, tumandagi barcha aholi xonadonlariga o'rnatiladigan reduktor "Hududgazta'minot" AJ tomonidan bepul o'rnatib berilmoqda.
Bosh sahifaga qaytish